insurez
20-10-2025 16:10

Qaror ijrosi amalda


Bugun, shahar hokim oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Sh.Kuchkarova va ishchi guruh aʼzolari oliy taʼlimda tahsil olayotgan xotin-qizlarning ijtimoiy holatini va yashash sharoitini oʻrgandilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 585-sonli "Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori mezonlariga javob beradigan xotin-qizlar bilan suhbatlashib, muammolari oʻrganildi va tushuntirish ishlari olib borildi. 

Teglar
- -