insurez
18-10-2024 10:35

Qadring baland bo'lsin, ona tilim!


Ona tilimizda yangrayotgan har bir so‘z, insonga o‘zgacha tuyg‘u, o‘zgacha ishonch beradi, g‘ayratimizga-g‘ayrat, kuchimizga-kuch qo‘shadi.
 
1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi xalqimiz hayotida shubhasiz buyuk tarixiy voqeya va O‘zbekistonning mustaqillik sari qo‘ygan ilk tamal toshi bo‘ldi. 

Davlatimiz mustaqilligi e’lon qilinishi bilan ona tilimiz o‘zining haqiqiy o‘rni va mavqeyiga ega bo‘ldi.

BAYRAM muborak bo‘lsin!

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.                                                     

Teglar
- -