insurez
31-05-2024 16:22

Qabul davomida 20 dan ortiq murojaatlar o’rganildi


Bugun Kattaqo'rg'on shahar Xalq qabulxonasida shahar prokurori Ismoil Nuriddinov hamda Xalq qabulxonasi mudiri Xamrotosh Shodiyevaning fuqarolar uchun qabuli oʻtkazildi. Qabul jarayonida asosiy e'tibor fuqarolar muammolarini ijobiy hal etilishiga qaratildi. 

Mazkur qabul davomida fuqarolarning sud qarorlarini ijrosi, aliment undirish va hisoblash, noqonuniy qurilish, yashash xonadonini xususiylashtirish, ishga tiklash, hamda boshqa sud-huquq masalalariga oid 20 dan ortiq murojaatlari oʻrganildi. 12 ta murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar nazoratga olinib, qisqa muddatlarda hal etilishi boʻyicha tegishli masʼullarga yoʻnaltirildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -