Profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligida FVV va viloyat FVB mas'ul xodimlari, shahar hokimi o'rinbosari, shahar FVB xodimlari va korxona-tashkilot rahbarlari, mahalla faollari, maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Unda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obуektlari va ko‘p kvartirali uy-joylarni 2024/2025-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda kuz-qish davrida tuman hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish hamda kelgusida samaradorlikni yanada oshirish bo‘yicha masalalar muhokama etildi.