insurez
23-12-2024 16:30

PROFILAKTIK SUHBAT O‘TKAZILDI


Ayni damda mamlakatimizda qish mavsumi. Ushbu davrda aholining, shuningdek, ijtimoiy – iqtisodiy soha ob’ektlarida ham issiqlik energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji yanada oshadi. Lekin bunda tegishli qoidalarga amal qilmaslik turli noxushliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Shahar Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining profilaktika bo‘yicha o‘rinbosari U.Axrorov ishtirokida o‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida ushbular haqida so‘z yuritildi.
Suhbat davomida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni oldini olish borasida tegishli tushunchalar berildi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -