insurez
01-08-2024 18:24

Prezidentning 2022-yil 2-fevraldagi 112-sonli qarori  ijrosi amalda


Bugun, 1-avgust kuni madaniyat vazirining o'rinbosari Murodjon Majidov Samarqand viloyatida bo’lib, Samarqand viloyati hokimining o'rinbosari Rustam Qobilov hamda viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig'i Orif Xaitov bilan birgalikda viloyat hududidagi  5 ta (Pastdarg'om, Jomboy, Ishtixon, Paxtachi tumanlari hamda Kattaqo'rg'on shahar) madaniyat bo'limlariga “Damas” avtomabili, viloyatdagi 4 ta teatrga “Isuzu” yuk mashinalarini topshirdi. 

2023-yilda esa viloyatning 9 ta (Samarqand, Narpay, Qo'shrabot, Urgut, Bulung'ur, Payariq, Nurobod, Kattaqo'rg'on tumanlari hamda Samarqand shahar) tumanlarida faoliyat yuritayotgan madaniyat bo'limlariga “Damas” avtomabili topshirilgan edi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati

Teglar
- -