insurez
11-09-2025 11:20

PRESS-TUR TASHKIL ETILDI


Shahar hokimligi axborot xizmati tomonidan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Ikrom Mamatov ishtirokida press tur o‘tkazildi.

Press-tur davomida shahrimizdagi “Navbahor”mahallasida joylashgan “Denim Collection” MChJ tomonidan tashkil etilgan tikuvchilik korxonasida olib borilayotgan ishlab chiqarish jarayoni va rejalari bilan tanishildi. Ushbu korxonada 70 ga yaqin xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan bo'lib asosan erkaklar uchun ko’ylaklar, turli trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bu yerda tikilgan mahsulotlarning asosiy qismi xorijga eksport qilinadi. 

Press-tur davomida korxonada amalga oshirilayotgan ishlab-chiqarish jarayonlari, mavjud texnologiyalar, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirilib, eksportni kuchaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha fikr almashildi.  

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -