insurez
14-09-2024 12:09

PRESS-TUR O‘TKAZILDI


Shahar hokimligi Axborot xizmati tomonidan shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirokida 1-sektor hududidagi "Mahalla yettiligi" tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish yuzasidan press-tur o‘tkazildi.
Press –tur doirasida dastlab ishtirokchilar sektor hududidagi “Qo‘shhovuz” mahallasida bo‘ldilar. Mahalla yettiligi tomonidan aholining bandligini ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni ishga joylashtirish, mahallada ma’naviy-sog‘lom muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Shuningdek, press-tur ishtirokchilari shu kuni “Damariq” mahallasida ham bo‘ldilar. Mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori va mahalla yettiligining boshqa a’zolari bilan suhbat davomida ularning ish faoliyati ko‘zdan kechirildi. 
Ommaviy axborot vositalari vakillari press-tur doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -