insurez
22-11-2025 14:32

PORA: QO‘ChQOR NORQOBILNING ASARI KATTAQO‘RG‘ONDA SAHNALAShTIRILDI


Kattaqo‘rg‘on Drama teatrida taniqli o‘zbek adibi va dramaturg Qo‘chqor Norqobil qalamiga mansub bo‘lgan "Pora” nomli asar asosida sahnalashtirilgan spektakl premerasi bo‘lib o‘tdi. Premerada shahar hokimi Gavhar Alimova, muassasa va tashkilotlarning rahbarlari, nuroniylar, jamoatchilik vakillari, yoshlar, kattaqo‘rg‘onlik teatr ixlosmandlari shuningdek, asar muallifi Qo‘chqor Norqobil ishtirok etdi. 

Spektakl tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. 

Premerada ishtirok etgan asar muallifi Qo‘chqor Norqobil spektakl haqida  samimiy fikrlarini bildirgan tomoshabinlarga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.

 

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati. 

Teglar
- -