insurez
23-06-2025 14:55

Politexnikumda bitiruvchilar bilim va ko’nikmalari sinov pallasi


Shu kunlarda Kattaqo‘rg‘on shahar politexnikumida 2024–2025 o‘quv yili bitiruvchilari uchun Davlat attestatsiya komissiyasi (DAK) imtihonlari o‘tkazilmoqda. 

Bu jarayon nafaqat o’quvchilar uchun, balki, o‘qituvchilar va amaliyot ustozlar uchun ham mas’uliyatli hisoblanadi.

DAK imtihonlari politexnikumda tahsil olayotgan turli yo‘nalishlardagi bitiruvchi guruhlar uchun o‘z bilimlarini amaliyot va nazariya asosida namoyon qilish imkoniyatini yaratmoqda. Bitiruvchilar mutaxassislik fanlaridan amaliy topshiriqlar orqali o‘z kasbiy saviyalarini namoyon etishmoqda.

Mazkur imtihonlar bitiruvchilarning kelajakdagi mehnat faoliyati va oliy o‘quv yurtlariga qabul jarayonida muhim o‘rin tutadi.

 

Teglar
- -