Pedagoglar malakasini oshirish
Bugun viloyatimizdan 56 nafar mentor o‘qituvchi Samarqand xalqaro aeroporti orqali Turkiya Respublikasining Istanbul shahriga malaka oshirish va ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsadida jo‘nab ketdi.
Xususan, Kattaqo'rg'on shahridan 4 nafar o’qituvchi Turkiyaga va 1 nafari Finlandiyaga 22 dekabrga qadar malaka oshirishga yo’l olishdi.
Safar davomida o‘qituvchilar ta’lim sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, o‘qitish metodikalari hamda xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishish, shuningdek, xorijiy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.




