PEDAGOGIKA TEXNIKUMIDA “YOSHLAR BOG‘I” TASHKIL ETILDI
“Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlarida yoshlar ham faol ishtirok etdilar. Loyiha doirasida bugun Kattaqo‘rg‘on Pedagogika texnikumida “Yoshlar bog‘i” yaratildi.
Tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova, nuroniylar, ijodkorlar, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Shahar hokimi bu kabi xayrli tadbirlar hududlarni obodligini ta’minlash bilan birga yoshlarda tabiatga mehr, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish va har bir yosh o‘zi o‘tqazgan daraxt ko‘chatlarini parvarishlashi lozimligini ta’kidladi.
Shuningdek bugun yashil makon yaratish doirasida Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab hamda shahar Tibbiyot birlashmasida ham obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, turli manzarali daraxt va gul ko‘chatlari ekildi.
Shahrimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari davom etadi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.