PEDAGOGIKA KOLLEJIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” O‘TKAZILDI
Kuni kecha shahrimizdagi pedagogika kollejida "Ochiq eshiklar kuni" va mahallalardagi ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni kasbga yo‘naltirish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida "Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi" tashkil etildi.
Unda shahar prokurori I.Nuriddinov, shahar hokimi o‘rinbosari J.Nosirov, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar.
So‘z olganlar bugungi tadbirning ahamiyati va pedagogika sohasiga qiziqadigan yoshlarning bilim olishlari uchun yurtimizda barcha imkoniyatlar yaratilganligini ta’kidladilar.
“Ochiq eshiklar kuni” doirasida umumta’im maktablaridan kelgan 300 ga yaqin yoshlar kollejda yaratilgan shart-sharoitlar, majburiy ta’limga jalb etish maqsadida tashkil etilgan qisqa muddatli tayyorlov guruhlari faoliyati bilan tanishdilar va dars mashg‘o‘lotlarida ishtirok etdilar.
Mahallalardagi ishsiz yoshlardan 2 nafari shu yerning o‘zida ish beruvchi korxona bilan shartnoma imzolab, kollejga dual ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilindilar.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 647 sonli qaroriga asosan kollejning dual ta’lim shakliga qabul qilingan 13 nafar o‘quvchilarga guvohnomalar topshirildi.
Shahar prokurori I.Nuriddinov bitiruvchi qizlar bilan suhbat o‘tkazdi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborоt xizmati.