PAXTA QABUL QILISH ZAVODIDA O‘QUV MASHQI BO‘LIB O‘TDI
Navbatdagi o‘quv mashqi "Kattaqo‘rg‘on g‘alla klaster"ga qarashli paxta qabul qilish zavodida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha tuman FVDqT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari mavzusida oʻtkazildi.
Mazkur oʻquv mashqi davomida paxta qabul qilish zavodida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasi sinovdan oʻtkazildi.
Mashqning asosiy maqsadi – obyektda ishlovchi xodimlar va FVDqT xizmatlari oʻrtasida tezkor hamkorlikni taʼminlash, favqulodda holatlarda samarali harakat qilish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni shakllantirishdan iborat edi.