insurez
12-12-2025 08:36

Para armrestling: para Osiyo o’yinlarida Kattaqo’rg’on shahar sport maktabi o’quvchisi 2 ta medalni qo’lga kiritdi!


Bugun, BAA ning Dubay shahrida davom etayotgan V-yoshlar o’rtasidagi para Osiyo o’yinlari doirasida para armrestling bo’yicha musobaqalar o’tkazildi.

Bellashuvlarda ishtirok etgan Kattaqo’rg’on shahar Sport maktabi o’quvchi sportchisi Bozorov Akbar 65 kg vazn toifasida 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarni qo’lga kiritdi.

🥈Kumush:
Akbar Bozorov

🥉Bronza:
Akbar Bozorov

Teglar
- -