O'zaro tajriba almashish samaradorlik garovi 223
Kattaqo'rg'on shahar 1-sektor hududidagi “Chinobod” mahallasida shahar Oila va xotin-qizlar bo'limi tashabbusi bilan mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollarining ish samaradorligini oshirish maqsadida o’quv-seminari o’tkazildi.
Seminarda shahar hokim o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig’i Sh.Kuchkarova, shahar Mahallalar uyushmasi boshlig’i A.Raxmonov hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi. Shuningdek, seminar davomida ommalashtirish va tajriba almashish maqsadida ushbu mahallaning xotin-qizlar faoli M.Qurbonovaning ish faoliyati o'rganildi.
O'quv seminarda shahrimizdagi barcha mahallalar xotin-qizlar faollari ishtirok etib, faoliyatlari yuzasidan o'zaro fikr va tajriba almashdilar.