O‘ZARO MANFAATLI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILIINDI
Bugun Samarqand shahrida Kattaq’o’rg’on shahar tadbirkorlari hamda Eron Islom Respublikasining Xurosoni Razaviy viloyatidan tashrif buyurgan biznes egalari o‘rtasida rangli metallarni qayta ishlash hamda eksport qilish bo‘yicha mahsulot va xizmatlar taqdimoti, istiqbolli kelishuvlarga erishish, yangi foydali tanishuvlar orttirish, qo‘shma loyihalar va savdo shartnomalarining amaliy jihatlarini muhokama qilish imkonini beruvchi B2B hamda G2B uchrashuvlar bo’lib o’tdi.
Uchrashuvlar davomida shahrimizning “Best Smart Sity” MCHJ, “Kattakurgan Charm” MCHJ, “Classic Motor” MCHJ hamda “Bidox” MCHJ rahbarlari tomonidan o‘z biznes yo‘nalishlari bo‘yicha mahsulot va xizmatlari taqdim etilib, o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari muhokama qiliindi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.