O‘ttiz kitob — o‘ttiz olam
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Filologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida talabalar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “O‘ttiz kitob o‘qish” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida talabalar o‘qigan asarlari yuzasidan fikr almashdilar, mutolaadan olgan taassurotlari bilan bo‘lishdilar.
Professor-o‘qituvchilar esa yoshlar qalbida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish va uni kundalik hayotiy odatga aylantirish borasida foydali tavsiya va maslahatlar berdilar.
Kattaqor'g'on davlat Pedagogika instituti Matbuot xizmati.