O'quvchilar safar oldidan Kattaqo'rg'on shahar hokimi Gavhar Alimova huzuriga bo’lishdi.
Kattaqo'rg'on shahar 11 IDUM ning "San'at g'unchalari" maktab ansambli jamoasi Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida 20-23 oktabr kunlari o'tkazilayotgan "Festalona Georgiya" xalqaro tanloviga ishtirok etish uchun taklif etilgan.
O'quvchilar safar oldidan Kattaqo'rg'on shahar hokimi Gavhar Alimova huzuriga bo’lishdi.
Shahar hokimi yoshlar bilan suhbatlashib, ularning san’atlari albatta xalqaro tanlovda e’tirof etilishini bildirib, safarga sog’ salomat borib kelishlarini hamda omad yor bo’lishini tiladi.
                        



