OʻQUVCHILAR BILAN SUHBATLASHILDI
Shahar hokimligi masʼullarining maktablardagi shart – sharoilarni oʻrganishlari borasidagi ishlar doirasida hokim oʻrinbosarlari Sh.Kuchkarova, J.Gʻaniyev va yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi B.Qoʻziyevlar 13-umumtaʼlim maktabida boʻldilar.
Oʻrganish davomida oʻquvchi-qizlar bilan oʻqish jarayonlari, boʻsh vaqtlarning oʻtkazilishi, toʻgaraklarga qatnashishlari yuzasidan suhbatlashildi.
Qizlarning odob-axloqi, maktab tartib-qoidalariga rioya etishlari boʻyicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, muntazam dars qoldiradigan oʻquvchilar bilan suhbatlashish maqsadida masʼullar ularning xonadonlariga bordilar. Ota-onalar bilan suhbat davomida ularning muammolari oʻrganildi va joyida ijobiy yechim topildi.
Masʼullarning maktablarni oʻrganishlari davom etadi.