insurez
14-05-2025 10:28

“OQ-OLTIN" MAHALLASIGA RAIS SAYLANDI


Shahrimiz boʻylab mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari saylovlari boʻlib oʻtmoqda. Uyushqoqlik bilan oʻtkazilayotgan saylovlarda mahalla vakillari faol ishtirok etmoqdalar.
“Oq-oltin” mahallasidagi fuqarolar yigʻini raisi saylovi ham koʻtarinki tarzda boʻlib oʻtdi. Nomzodlarning 5 yillik dasturi, rejalari, maqsad va vazifalari haqidagi maʼlumotlarni tinglagan mahalla vakillari oʻzlari istagan nomzodga ovoz berdilar.

Saylov yakuni natijalariga koʻra, eng koʻp ovoz olgan Ulugʻbek  Ubaydullayev  mahalla raisligiga qayta saylandi. Mahalla nuroniylari  fuqarolar yigʻini raisining xalq turmush sharoitini yaxshilash yoʻlidagi kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tiladilar.

Teglar
- -