OQ OLTIN MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI
Bugun Samarqand viloyat hokim o'rinbosari H.To’xtayev va Respublika ishchi guruhi vakili Q.Sobirov Kattaqo'rg'on shahar “Oq oltin” mahallasida bo’lib, aholi muammolarini o’rganish maqsadida fuqarolar qabuli o’tkazildi.
Qabul davomida mahalla fuqarolarini qiynab kelayotgan masalalar borasida suhbat olib borildi. Shuningdek, mahallada istiqomat qiluvchi yoshlarni kasb-hunarga jalb qilish, ilm olishga chorlash masalalari ko'rib chiqildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.