Onkolog vrach deputatlarga taklif berdi
Kattaqo‘rg‘on shahrida bo‘lgan O‘zbekiston “Adolat” SDP respublika, viloyat kengashi vakillari shaharda aholi salomatligini asrash, tizimidagi islohotlar bilan ham qiziqdilar.
Shahar Tibbiyot birlashmasida bo‘lgan mehmonlar aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida muassasada yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Onkologik kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, natijalar bilan tanishgan mehmonlar Tibbiyot muassasasining zamon talablari darajasida taʼminlanganligi, davolashda zamonaviy amaliyotlarni qo‘llanilayotganligini ijobiy baholadilar va bu ishlar sog’liqni saqlash yo‘lidagi islohotlarga hamohang tarzda ekanligini taʼkidladilar.
Tibbiyot birlashmasi onkolog vrachi A.Fayzullayev Qonunchilik palatasi deputatlariga onkologik kasalliklarni oldini olish borasida o‘z takliflarini berdi.
-Ayollar o‘rtasida ko‘krak saratoni va bachadon bo‘yni saratoni kasalliklarini davolashda ularni erta aniqlashning foydasi juda muhim. Buning uchun ayollar o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari lozim deydi, - shifokor. Ammo bizda ushbu kasalliklar bo‘yicha ayol vrachlar, mamolog shifokorning yo‘qligi bois erkak shifokorlarni ko‘rigidan o‘tishga ayrim ayollar xijolat bo‘ladi va tekshiruvlarga kelmaydi. Bu esa kasallikni erta aniqlashga jiddiy taʼsir qiladi. Bilamizki kasallikni o‘tkazib yuborilishi yomon oqibatlarga olib keladi. Onkolog shifokorning shu boisdan ushbu sohada ayol vrachlarni ko‘paytirish maqsadga muvofiq,- degan taklifini Qonunchilik palatasi deputatlari qo‘llab-quvvatlashdi.
                        



