insurez
12-09-2025 13:02

OMMAVIY SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI


Bugun Respublika Harbiy prokurori O.Xolboev hamda Qurolli Kuchlar vazirlik va idoralari rahbariyati tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahrida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi. Unda 200 nafarga yaqin harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, pensionerlar va yoshlar ishtirok etdi.

Qabulda yurtimizda "Inson qadri uchun" tamoyili asosida olib borilayotgan islohotlar va ularning samarasi, odamlar og‘irini yengil qilish bugun har bir davlat organining asosiy vazifasi ekani, harbiylar hamda ularning oila a’zolari uchun yaratilgan imtiyozlar haqida so‘z bordi.

So‘ngra soha mutaxassislari tomonidan murojaatlar tinglandi. Jumladan, harbiy xizmatchilar turmush o‘rtoqlarining ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, kredit ajratish va boshqa ijtimoiy masalalardagi qator murojaatlari ijobiy hal etildi.

Qabul qilingan 48 ta murojaatdan 24 tasi joyida ijobiy hal etildi, 21 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, ko‘rib chiqish muddat talab etadigan 3 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi.

Teglar
- -