"OMMAVIY DIKTANT" SAVODXONLIK TADBIRI O‘TKAZILDI
Bugun shahrimizdagi idora va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida “Ommaviy diktant” savodxonlik tadbiri o‘tkazildi. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi shahar Kengashi, shahar hokimligi hamkorligida tashkil qilingan mazkur tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari J.G‘aniev, Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha hokim maslahatchisi J.Sherovlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida tashkilot xodimlari tanlangan mavzu yuzasidan diktant yozib o'z savodxonliklarini namoyon etdilar.
Savodxonlik tadbiri yakuniga ko‘ra faol ishtirok etib, belgilangan tartib asosida yozilgan diktant muallifi shahar Veterinariya bo‘limi xodimi faxrli 1- o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Yoshlar ishlari bo‘limi xodimi 2- hamda Tibbiyot birlashmasi xodimi 3-o‘rinni egalladi.
G‘oliblarga shahar hokimligining faxriy yorlig‘i va sovg‘alari taqdim etildi.
Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.