Оliy Majlis Senatining ellik to‘qqizinchi yalpi majlisi bo‘lib o’tdi
2024-yil 23-24-oktabr kunlari, Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining ellik to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘tkazildi.
Yalpi majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.
Unda Senat, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashishdi.
Senatning ushbu majlisida Kattaqo’rg’on shahar hokimi, senator Gavhar Alimova ham ishtirok etdi.