Oilalarning iqtisodiy ahvolini yaxshilash bo‘yicha yangi tizim asosida ish olib boriladi
Aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish maqsadida oilaviy sharoiti nochor oilalarning iqtisodini yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlar tashkil qilinmoqda.
Shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirokida “Zarafshon” mahallasida o‘tkazilgan yig‘ilish shunday oilalarning daromadini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilayotgan moliyaviy resurslarni to’g’ri yo‘naltirish, bu boradagi muammoli masalalarni aniqlash va hal etishga ko‘maklashish amaliyotini yo‘lga qo‘yishdagi amalga oshiriladigan ishlarga bag‘ishlandi.
Yig‘ilish davomida “mahalla yettiligi” va boshqa mas’ullar tomonidan bu borada amalga oshiriladigan ishlar, so‘rovnomalarni to‘ldirish, oilalarni rahbar xodimlarga biriktirish tartibi va ular tomonidan olib boriladigan ishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.