insurez
08-06-2024 10:42

Oila – muqaddas dargoh !


Oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham osoyishta bo‘ladi. Oilalarda parokandalik bo‘lsa, jamiyatning ham tinchi yo‘qoladi. Baxtli oilalar tufayli baxtiyor jamiyat shakllanadi.

Oilalarning mustahkamligini saqlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on shahrida haftaning har chorshanba kuni ajrim yoqasidagi oilalarni muammolarini o‘rganib, ularni yarashtirish choralarini ko‘rish kuni deb belgilab olingan. Shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Kuchkarova, shahar "Oqila ayollar" harakati a’zolari, otinoyilardan iborat "Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi" tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar muammosi o‘rganilib, ularga oila muqaddas dargoh ekanligi tushuntirildi. 

Teglar
- -