OILALAR BIRIKTIRILDI
Mahallalarda xavfsiz va sog‘lom muhitning bo‘lishi oilalar mustakamligini ta’minlashda muhim. Ushbu yo‘nalishda tizimli ishlar olib borilmoqda.
Prezidentimizning "2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 1-sonli qarorida bu borada tegishli vazifalar belgilab qo‘yildi.
Shahar hokimi o‘rinbosari Sh.Kuchkarova ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish ushbu masalaga bag‘ishlandi. Unda qaror mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi va ijrosini ta’minlash bo'yicha qilinadigan ishlar belgilab olindi. Nizoli oilalar bilan ishlash, bunda Ichki ishlar, mahalla vakillari, otinoiyilar, “Oqila ayollar” harakati va boshqa mas’ullar tomonidan hamkorlikda bajariladigan ishlar bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shahar bo‘yicha nizoli oilalar mahallalar kesimida aniqlanib, mas’ullarga biriktirildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi аxborot xizmati.