insurez
23-10-2025 19:45

OCHIQ OSMON OSTIDAGI GULXAN ATROFIDA SHAHRIMIZ YOSHLARI TO’PLANISHDI


Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar Amir Temur nomli mahalla hududida joylashgan "Obod makon" ko'p qavatli turar joy majmuasida istiqomad qiladigan fuqarolar, qolaversa mahalla yoshlarining bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida shahar hokimligi, shahar Yoshlar ishlari bo’limi va shahar Madaniyat bo'limi bilan hamkorlikda “Gulxan atrofida" ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu tadbirda shahar hokim o‘rinbosarlari Sh.Kuchkarova, J.G'aniyev, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etishdi. 

Tadbir davomida yoshlar gulxan atrofida she’r va qo’shiqlar kuylashdi, xush kayfiyat bilan birgalikda raqsga tushishdi.

Teglar
- -