Ochiq kollektorlarning holati o‘rganildi
Shahar hokimi Gavhar Alimova shahar Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i Anvar Alimov ishchi guruh hamrohligida shahar hududidagi mavjud ochiq kollektor (zovur)larning hozirgi kundagi holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida “Yakkabog‘”, “Do‘stlik”, Amir Temur, “Oq-oltin, “Kunjipay”, “Zarafshon”, “Qo‘shhovuz” mahallalari hududlaridan o‘tuvchi jami 14,5 km ochiq kollektorlaridagi sizot suvlarning aholi xonadonlari, bino va inshootlarga ta’sirini oldini olish, chiqib ketilishi holatini yaxshilash maqsadida qazish uchun davlat dasturiga kiritilishi belgilandi. Mazkur ishlarni 2024 yil oxiri va 2025 yil birinchi yarimida amalga oshirilishi rejalashtirildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.