OBODONLASHTIRISHNING XOTIN-QIZLARI E’ZOZLANDI
Bugun jamiyatning biror bir sohasini ayollarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ular o‘zlarining fidoyiligi, tashabbuskorligi bilan barcha sohalar rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar.
Tozalik elchilari bo‘lgan Obodonlashtirishning ayol xodimlarini ham ana shunday fidoyi xotin-qizlardan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
8 mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan shahrimizdagi Obodonlashtirish boshqarmasi xotin-qizlarining mehnatlari e’tirof etildi.
Bayram dasturxoni atrofida tashkil qilingan tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova o‘zining samimiy tilaklarini izhor etdi. Ularga bayram sovg‘alari taqdim etildi.
Tadbir ajoyib kuy va qo‘shiqlar bilan davom etdi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.