Obodonlashtirish xodimlari bayramni dasturxon atrofida nishonladilar
Mustaqilligimizning 33 yilligi shahrimiz bo‘ylab, mehnat jamoalarida ham ko‘tarinki tarzda bo‘lib o‘tmoqda. Shu jumladan, bugun shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ham bayram munosabati bilan bir dasturxon atrofida yig‘ildilar.
Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova yig‘ilganlarni bayram bilan muborakbod etdi. Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan shahrimizning obodligi va ko‘kalamligi yo‘lida fidoyilik bilan ishlayotgan xodimlarning mehnatlari e’tirof etildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.