Obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda shahardagi korxona va muassasalarning obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Xususan, shahar Dehqon bozori, Tibbiyot birlashmasi, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, Elektr ta’minoti korxonasi, shahar Istirohat bog‘i, Suv ta’minoti korxonasi hamda bir qator muassasalardagi sanitar holatlarni o‘rgandi.
Ushbu tashkilotlar hududlaridagi obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirish asnosida bu borada mutasaddilarga zaruriy topshiriqlarni berdi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.