insurez
27-08-2025 14:28

NURONIYLAR INGICHKADA


Mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida bo‘lib o‘tgan bayram munosabati bilan bir guruh kattaqo‘rg‘onlik nuroniylar Ingichka shaharchasiga tashrif buyurdilar.

Nuroniylar shaharchadagi o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdilar. Jumladan, O‘zbekiston texnologik metallar kombinati Ingichka boyitish fabrikasida bo‘lgan mehnat faxriylari bu yerdagi ishlab-chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar. 

200 dan ortiq xodim faoliyat yuritadigan mazkur fabrikada texnogen chiqindidan 40 foizgacha bo‘lgan volfram qotishmasi olinadi. Mazkur fabrikadagi konsentrant dunyodagi eng toza mahsulot hisoblanadi. Shu boisdan mahsulotning 95 foizi xorijga eksport qilinadi. Fabrikada faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar yaratilgan shart-sharoitlardan mamnun.

Nuroniylar fabrika faoliyati bilan tanishish asnosida, bu kabi ishlar Ingichka shaharchasidagi bunyodkorlik ishlari hamda aholini farovonlikda yashashi yo‘lida olib borilayotgan islohotlarning natijasi ekanligini ta’kidladilar.

 

 


 

Teglar
- -