insurez
14-10-2025 16:01

NOQIS MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O’RGANILDI


Bugun, shahrimizdagi Noqis nomli mahallada shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan mahalla aholisining muammolari o’rganildi. Sayyor qabul davomida mahalla aholisidan 10 ga yaqin o‘z yechimini kutayotgan masalalar bo'yicha murojaatlari qabul qilindi. 

Qabul jarayonida fuqarolardan asosan yu-joy ta'miri, moddiy yordam, ijtimoiy qarovchi ajratish, obodonlashtirish ishlari hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. 

Mazkur murojaatlarning 1 tasi joyida ijobiy hal etildi, 3 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi va qolganlarini ijrosi nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo’naltirildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -