insurez
13-02-2025 15:01

“NAZM VA NAVO” TADBIRI O’TKAZILDI


Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar Madaniyat saroyida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan “Nazm va navo” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda tashkilot rahbarlari, nuroniylar, xotin-qizlar hamda yoshlar vakillari ishtirok etdi.  

"Nazm va navo" kechasi shak-shubhasiz qalblarimizda buyuk ajdodlarimizning insonparvarlik, yurtparvarlik, fidoyilik g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan bebaho asarlari bilan g‘ururlanish hissini berdi. 
Tadbirda ustozzoda sanʼatkorlar Xasan Boyxonov, Sobir Jo‘rayev, Eshniyoz Elbayev hamda yosh ijrochilar tomonidan jonli ijroda ashulalar ijro etildi. 

Dastur so‘ngida ishtirokchialar tomonidan nafosat, she’riyat, adabiyot va musiqa bayramiga aylangan tadbir yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -