insurez
08-02-2025 15:31

NAVOIY SIYMOSIGA EHTIROM


Buyuk mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi keng nishonlanmoqda. O‘tkazilayotgan tadbirlar, she’riyat kechalarida shoir ijodi va hayoti yanada keng talqin qilinmoqda.

Shu munosabat bilan Samarqand  davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialida bo‘lib o‘tgan tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova, filial o‘qituvchi va talabalari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘z olgan shahar hokimi  ushbu ulug‘ shaxsning  o‘zbek tili va adabiyoti rivojiga, qolaversa, davlat arbobi sifatida o‘z davrida aholi farovonligi,  yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shganligini  alohida ta’kidladi. Shuningdek, uning asarlari  yuksak tarbiyaviy  va boy mazmunga  ega ekanligi bilan ulkan ahamiyat kasb etishini, shu boisdan har bir yosh  shoir ijodiy merosini o‘rganishi lozimligini bildirdi.
Shundan so‘ng filial  talabalari tomonidan shoir she’rlari va g‘azallariga bastalangan kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -