NAVBATDAGI QABUL ZOMIN MAHALLASIDA O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kattaqo‘rg‘on shahridagi Xalq qabulxonasi va 4-sektor shtabi tomonidan mahallalarda sayyor qabul o‘tkazish reja-jadvali tasdiqlangan. Ushbu tasdiqlangan reja-jadvalga asosan bugun 4-sektor hududidagi "Zomin" mahallasida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Qabulda 26 nafar fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammo va masalalar yuzasidan ishtirok etishdi.
Qabul jarayonida fuqarolardan kommunal to‘lovlar, ijtimoiy nafaqalar, davolanish va dori-darmon ajratish, aliment undirish va boshqa masalalari bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi. Muddat va mablag‘ talab qiladigan murojaatlarni hal qilish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi.