NAVBATDAGI QABUL VATANPARVAR MAHALLASIDA O‘TKAZILDI
Kattaqo‘rg‘on shahar 4-sektor hududidagi "Vatanparvar" mahallasida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabulda 17 nafar fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammo va masalalar yuzasidan ishtirok etishdi.
Qabul jarayonida fuqarolardan kasb-hunarga o‘qitish, davolanish, ish bilan taminlash va boshqa masalalari bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning 3 tasi joyida hal yetildi, 4 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi va qolgan muddat va mablag‘ talab qiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi.