NAVBATDAGI QABUL MEHRJON MAHALLASIDA O‘TKAZILDI
Kattaqo‘rg‘on shahar 4-sektor hududidagi "Mehrjon" mahallasida sektor rahbari, shahar hokimining o’rinbosari Jasur Gʻaniyev tomonidan aholi murojaatlarini o’rganish maqsadida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul o’tkazildi. Sayyor qabulda 10 ga yaqin fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammo va masalalar yuzasidan ishtirok etishdi.
Qabul jarayonida fuqarolardan tabiiy gaz ta’minoti, yo'l ta’miri, tungi yortgich chiroqlari, ijtimoiy nafaqa, ish bilan taminlash va boshqa masalalari bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, 3 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi va qolgan muddat va mablag‘ talab qiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo'naltirildi.