insurez
05-07-2025 10:50

NAVBATDAGI QABUL DAMARIQ MAHALLASIDA O‘TKAZILDI


Kattaqo‘rg‘on shahar 1-sektor hududidagi "Damariq" mahallasida sektor rahbari, shahar hokimining birinchi o’rinbosari Ikrom Mamatov tomonidan aholi murojaatlarini o’rganish maqsadida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul o’tkazildi. Sayyor qabulda 15 nafar fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammo va masalalar yuzasidan ishtirok etishdi. 

Qabul jarayonida fuqarolardan tabiiy gaz ta’minoti, yo'l ta’miri, tungi yortgich chiroqlari, ijtimoiy nafaqa, ish bilan taminlash va boshqa masalalari bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi. 

Murojaatlarning 5 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi va qolgan muddat va mablag‘ talab qiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi. 


 

Teglar
- -