insurez
15-05-2025 17:19

“NAVBAHOR " MAHALLASIGA YANGI RAIS SAYLANDI


Shahrimiz boʻylab mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari saylovlari boʻlib oʻtmoqda. Uyushqoqlik bilan oʻtkazilayotgan saylovlarda mahalla vakillari faol ishtirok etmoqdalar.

“NAVBAHOR ” mahallasidagi fuqarolar yigʻini raisi saylovi ham koʻtarinki tarzda boʻlib oʻtdi. Nomzodlarning 5 yillik dasturi, rejalari, maqsad va vazifalari haqidagi maʼlumotlarni tinglagan mahalla vakillari oʻzlari istagan nomzodga ovoz berdilar.

Saylov yakuni natijalariga koʻra, eng koʻp ovoz olgan Umurzoq Jalilov mahalla raisligiga  saylandi. Mahalla nuroniylari fuqarolar yigʻini yangi raisining xalq turmush sharoitini yaxshilash yoʻlidagi kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tiladilar.

Teglar
- -