MUXLISA 50 MLNGAGINA EMAS, UMRBOQIY BILIMGA EGA BO'LDI!
"Yosh kitobxon" respublika ko'rik-tanlovi g'olibasi Muxlisa Ochilova tanlovda qatnashib, o'rin olish yoki o'rin ola olmaslik ahamiyatsizligi, bu yerda eng muhimi, tuganmas boylik — kitob mutolaasi va uning sehrli olamiga mehr qo'yganlik eng katta muvaffaqiyat ekanligini ta'kidlaydi...
Bugun nafaqat SamDU Kattaqo'rg'on filiali, balki respublikamizning eng ilg'or kitobxonlaridan biri ekanligini isbotlagan Ochilova Muxlisa Abduraxmon qizi erishgan muvaffaqiyatini e'tirof etuvchi yana bir tadbir o'tkazildi.
Ustozi Anvar Sobirov hamda otasi Abduraxmon Mo'minov va onasi Nazira Mo'minovaga filial direktori Sherzod Urakovning TASHAKKURNOMAsi berildi. Muxlisaga FAXRIY YORLIQ hamda filial nomidan 3 MILLION SO'Mlik vaucher topshrildi.
MUVAFFAQIYATLARING BARDAVOM BO'LSIN, MUXLISA!