MUSTAQILLIKNNING 33 YILLIGI NISHONLANDI
O‘tgan yil davomida shahrimizni ijtimoiy-iqtiosdiy rivojlantirish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Shahrimizdagi “Doniyorbek” tadbirlar maskanida Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ushbu ishlar e’tirof etildi. Unda shahar hokimligi, sektor rahbarlari, mahalla yettiligi, jamoatchilik vakillari, barcha idora va tashkilotlarning faollari ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida shahar hokimi Gavhar Alimova barchani bayram bilan muborakbod etib, o‘tgan yil davomida kattaqo‘rg‘onliklarni keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari, aholi farovonligi yo‘lidagi islohotlarni amalga oshirishda hamda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi samarali mehnatlarini e’tirof etdi.
Tadbir ajoyib kuy va qo‘shiqlar bilan davom etdi. Hamshaharlarimiz bayram dasturxoni atrofida yurtimizning tinchligi va farovonligini tilab duo qildilar hamda bugungi dorulomon kunlarga shukrona keltirdilar.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.