MUSTAQILLIKGA TUHFA BO‘LDI
Mustaqillik arafasida shahrimizdagi 15 maktabgacha ta’lim tashkilotida barpo etilgan qo‘shimcha bino foydalanishga topshirildi. Ushbu tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova, mahalla faollari, ta’lim sohasi vakillari ishtirok etdi.
Shahar hokimi bu kabi ishlar mamlakatimizda ta’limga, yoshlarni munoisb ta’lim-tarbiya olishlariga berilayotgan e’tiborning natijasi ekanligini ta’kidladi. Tadbir ishtirokchilari yangi binodagi sharoitlar bilan tanishdilar.
Shuni aytish joizki muassasada barpo etilgan qo‘shimcha bino ya’ni, bolalar ovqatlanadigan hamda oshxona mahalladagi homiy tadbirkor Sherzod Sobirov tomonidan qurilgan.180 o‘rinli oshxona zamon talablariga mos ravishda barpo etilgan bo‘lib, bolalarning sog‘lom ovatlanishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
Shuningdek, tashabbusli byudjet asosida ta’lim tashkilotidagi mavjud binoda 1,5 mlrd. so‘mlik joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, tarbiyalanuvchilarni munosib ta’lim tarbiya olishlari uchun yetarli sharoitlar yaratildi.