MUSTAQILLIK ARAFASIDA FAOL HAMSHAHARLARIMIZ TAQDIRLANDI
Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari Kattaqo‘rg‘on shahrida ham keng quloch yoymoqda.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bu boradagi o‘zgarishlar, qurilish ishlarida fidoyilik ko‘rsatayotgan hamshaharlarimizning mehnatlari tahsinga sazovor.
Mustaqillikning 34 yillik bayram tantanalarida o‘zining tashabbuskorligi va saxovatpeshaligi bilan shahrimizda olib borilayotgan islohotlarni targ‘ib qilishda munosib hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkorlarning xizmatlari e’tirof etildi. Ular shahar hokimligining tashakkurnomasi hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, tadbirda shahrimiz yoshlarining ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritayotganliklari e’tirof etildi va sport bo‘yicha Osiyo va Jaxon chempionlariga ham shahar hokimligining sovg‘alari hamda homiy tadbirkorning pul mukofotlari taqdim etildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.