Murojaat
So‘nggi kunlarda respublikamizning bir nechta hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan yoqilg‘i quyish va gaz to‘ldirish shaxobchalarida yong‘in hamda chaqnash kabi ko‘ngilsiz holatlar bo‘yicha sizlarga ma’lumot berishni zarur deb bilamiz.
• Bu hodisalar ko‘pincha texnik nosozliklar, xavfsizlik qoidalarining buzilishi va ba’zan tashqi omillar sabab yuzaga kelmoqda.
• Yong‘in va chaqnashlar natijasida ba’zi shaxobchalarda moddiy zarar yetkazilganligi, fuqarolarning jabrlanishi va halok bo‘lish holatlari ham kuzatilmoqda.
• Hududimizdagi yoqilg‘i shaxobchalarida mutaxassis xodimlari tomonidan texnik ko‘rik va xavfsizlik standartlariga qat’iy rioya qilish nazorati kuchaytirildi.
• Ishchilar va xodimlar uchun qo‘shimcha xavfsizlik bo‘yicha treninglar o‘tkazilmoqda.
Gaz to‘ldirish va yoqilg‘i quyish shaxobchalarida fuqarolardan talab qilinadigan talablar:
• Fuqarolardan yoqilg‘i shaxobchalarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishlari, shoshilinch vaziyatlarda tinchlikni saqlab, xavfsiz joyga chiqishlari so‘raladi.
• Har qanday xavfli holat yoki nosozliklarni darhol shaxobcha xodimlari va favqulodda vaziyatlar bo‘limi xizmatiga xabar berishlari so‘raladi.
o Yonuvchi va portlovchi moddalar atrofida harakatda ehtiyotkor bo‘lish.
o Telefon, chekish, ochiq olov va boshqa yonuvchi vositalardan foydalanmaslik.
o Shaxobcha hududida xavfsizlik ko‘rsatmalariga amal qilish.
o Yo‘lovchi va avtomobilni shaxobcha qoidalariga muvofiq, belgilangan joylarda to‘xtatish.
o Yonilg‘i quyish vaqtida avtomobilni to‘liq o‘chirish (dvigatel va boshqa yonuvchi qurilmalarni).
o Shaxobcha xodimlarining ko‘rsatmalariga rioya qilish.
o Yonilg‘i quyish jarayonida yoqilg‘i to‘kilishining oldini olish.
o Shaxobchada chiqindilarni to‘g‘ri joyga tashlash.
o Yo‘qilg‘i quyish jarayonida boshqa transport vositalarining harakatiga to‘sqinlik qilmaslik.
Hurmatli yurtdoshlar, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash borasida barcha kuch va imkoniyatlar safarbar etilgan. Sizlardan ham bu jarayonga faollik bilan yordam berishingizni so‘raymiz.
Kattaqo‘rg‘on shahar
FVB P va NB inspektori
katta leytenant Sh.Turdaliyev