insurez
07-05-2025 19:17

Munosabat o‘rnida


Shahrimizning markaziy va ichki ko‘chalarida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

Ayni kunlarda Kattaqo‘rg‘on shahrida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665 –sonli qaroriga asosan Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan markaziy ko‘chalarini joriy ta’mirlashda kichik texnikalar bilan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar amalga oshirib borilmoqda.
Shuningdek, dasturga kiritilgan boshqa ko‘chalarda ham asfalt qoplamasi yotqizish uchun asos tayyorlash ishlari bajarilmoqda.

Tayyorlangan ko‘chalarning ta’mirtalab qismi katta bo‘lganligi sababli uni sifatli amalga oshirish uchun tez kunlarda maxsus texnika olib kelish va ta’mirlash ishlarini ushbu maxsus texnika yordamida tashkil etish belgilagan. 

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -