#Munosabat
Ijtimoiy tarmoqda Kattaqo‘rg‘on shahri Alisher Navoiy ko‘chasida ayrim daraxtlar elektr va telefon simlariga xalaqit qilayotganligi bo‘yicha videomurojaat tarqalgan.
Mazkur murojaat yuzasidan shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i F.Kurbanovning ma’lum qilishicha, korxona tomonidan shaharning markaziy ko‘chalaridagi daraxtlarning qurigan yon va tepa shoxlarini sanitariya maqsadida kesishga hududiy Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organidan ruxsatnoma olingan bo‘lib, daraxtlarga ziyon yetmasligi uchun mavsumga va havo haroratiga qarab navbat bilan sanitar kesish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, murojaatda ko‘rsatilgan hududda ham reja asosida daraxtlarni tartibga keltirish belgilanganligi ma’lum qilinadi.